Innovatsion in-vitro laboratoriya
InnoGreen — innovatsion in-vitro mikrokloonal ko'paytirish laboratoriyasi bo'lib 2023 yilda Buxoro viloyatida tashkil etilgan. Biz in-vitro texnologiyasidan foydalanib, yuqori sifatli ko'chat materialini yetishtirishga va tuproq va suvning fizik-kimyoviy tarkibini professional tahlil qilishga ixtisoslashganmiz.
Ilmiy hamkorlik va yuqori sifat
InnoGreen mamlakatimizning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari jumladan, Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, shuningdek sabzavotchilik va kartoshka ilmiy-tadqiqot instituti bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Biz dekorativ va mevali o'simliklarni, jumladan Photinia, shuningdek bog'dorchilik va tokchilikda qo'llaniladigan yuqori samarali payvandtaglarni va mevali ko'chatlarni — Myrobalan, Garnem, Gizella-6, Krymsk-5, GF-677 va Fercal ko'paytirish va yetishtirish bilan shug'ullanamiz.
Laboratoriyamiz har bir bosqichda materialning barqaror sifati, steril holati va genetik tozaligini ta'minlaydi.
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish
Bizning maqsadimiz
Ko'chatchilik korxonalari, bog'dorchilik xo'jaliklari va landshaft dizayn mutaxassislarini in-vitro texnologiyalari asosida yaratilgan yuqori sifatli o'simlik materiallari bilan ta'minlash. Biz yetishtirgan har bir ko'chat barqaror o'sish, yuqori moslashuvchanlik va optimal rivojlanish kafolatiga aylanishini istaymiz.
Bizning hissamiz
Ilmiy yondashuv va texnologik aniqlik orqali mintaqada agrar sohaning va yashil hududlarning barqaror rivojlanishiga hissa qo'shamiz. Zamonaviy in-vitro texnologiyalari yordamida O'zbekiston qishloq xo'jaligini yangi bosqichga olib chiqishga intilamiz.
Professional yechimlar
Mikrokloonal ko'paytirish
Manzarali, mevali hamda tok payvandtaglari, yuqori darajadagi tozalik va hayotiylik bilan.
Individual buyurtmalar
Nodir yoki qimmatbaho o'simligingiz bo'lsa, biz uning in vitro siklini ishlab chiqib, to'liq ko'paytirib bera olamiz.
Yer va uchastkani tahlil qilish
Mutaxassislarimiz tuproq holatini o'rganib, sizga eng maqbul mevali bog' yoki dekorativ o'simliklar bo'yicha tavsiyalar beradi.
Konsultatsiyalar
Iqlim, suv ta'minoti va agrotexnikaga asoslanib, barqaror rivojlanadigan o'simlik va podvoylarni tanlashda yordam beramiz.
Ekkandan keyingi qo'llab-quvvatlash
O'simliklar mustahkam ildiz otguniga qadar yo'l-yo'riq va maslahatlar berib, investitsiyangiz samaradorligini oshirishga yordam beramiz.
Sifat kafolati
Barcha ko'chatlarimiz kasalliklardan xoli, genetik toza va yuqori sifatli materiallardan tayyorlanadi.
Ilmiy hamkorlarimiz
Biz mamlakatimizning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaymiz.
Savollaringiz bormi?
Mutaxassislarimiz sizga yordam berishdan mamnun! Biz bilan bog'laning va professional maslahat oling.